Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rodri: «Jahon chempionatida favorit bo‘lish muhim emas, asosiysi – hozirgi forma»

Rodri: «Jahon chempionatida favorit bo‘lish muhim emas, asosiysi – hozirgi forma»

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri 2026 yilgi Jahon chempionatidan kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Favorit bo‘lish yoki bo‘lmaslik unchalik katta ahamiyatga ega emas. Hammasi hozirgi paytda qanday o‘yin ko‘rsatayotganingizga bog‘liq. Yevro-2024da biz favorit emasdik, ammo g‘alaba qozondik. Biz bunga unchalik ham e’tibor qaratmagandik.

Bu Jahon chempionati eng qiyini bo‘ladi. Qo‘shimcha raund bo‘ladi va ko‘plab jamoalar ishtirok etadi. Yuklamani to‘g‘ri taqsimlash asosiy omil bo‘ladi. Muhim o‘yinlarga a’lo darajadagi formada yetib kelish kerak.

Men boshqa jamoalarni kuzatishni, ular qay darajada ekanini va o‘yinlar nimalarni olib kelishini ko‘rishni yaxshi ko‘raman. Pley-off bosqichlarida eng muhimi – vaziyatdan unumli foydalanish. Men buni jamoadoshlarimga singdirishga harakat qilyapman.

Endi o‘zimizni ko‘rsatib qo‘yganimizdan so‘ng, dunyodagi eng yaxshisi ekanimizni isbotlamoqchimiz. Bu bizning asosiy maqsadimiz», – dedi «Manchester Siti» futbolchisi.

Kiritildi: 16:48, 01.06.2026.
O'qildi: 283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик