WhoScored statistik portali turnir davomidagi baholar va individual ko‘rsatkichlarga asoslangan holda Chempionlar ligasining mavsum ramziy terma jamoasini taqdim etdi. Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe o‘rtacha 8,8 ball bilan turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylangan fransiyalik forvard 11 ta o‘yinda 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Turnirning eng yaxshilari qatoridan «Barselona»ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal ham joy oldi (8 ball). Ispaniyalik futbolchi 6 ta gol urdi, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi va sheriklari uchun 12 ta yaqqol golli vaziyat yaratdi.
Darvoza chizig‘idan esa 7,5 ball to‘plagan Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubi posboni Nikita Xaykin o‘rin oldi. Norvegiya terma jamoasi safida jahon chempionatiga bora olmagan rossiyalik darvozabon turnirda jami 49 ta seyv amalga oshirdi — bu barcha darvozabonlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichdir.
Ramziy terma jamoaning to‘liq tarkibi:
-
Darvozabon: Nikita Xaykin («Budyo-Glimt»).
-
Himoyachilar: Kiran Trippyer («Nyukasl»), Virgil van Deyk («Liverpul»), Den Byorn («Nyukasl»), Alexandro Grimaldo («Bayer»).
-
Yarim himoyachilar: Lamin Yamal («Barselona»), Vitinya («PSJ»), Dominik Soboslai («Liverpul»), Maykl Olise («Bavariya»).
-
Hujumchilar: Kilian Mbappe («Real»), Garri Keyn («Bavariya»).













