«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines yozgi transferlar uchun yana ochiq bo‘lmoqda. Milanning «Inter» klubi 33 yoshli o‘yinchining transfer imkoniyati yuzasidan allaqachon norasmiy muzokaralar o‘tkazdi, biroq Calcio Mercato nashrining qayd etishicha, klub uni ustuvor maqsad deb hisoblamayapti.
Argentina terma jamoasi posbonini sotib olish o‘rniga, «Inter» arzonroq narxdagi ikkinchi raqamli darvozabon qidirishni boshlashi mumkin. «Lasio» a’zosi Ivan Provedel ushbu rol uchun asosiy nomzodlardan biridir. Asosiy tarkib masalasiga keladiga bo‘lsak, klub ikkinchi darvozabon — ispaniyalik Xosep Martines Riyeraga ko‘proq ishonch bildirishga moyil bo‘lmoqda.
Emiliano Martines o‘tgan yozda «Manchester Yunayted», «Inter», «Yuventus» va Saudiya Arabistoni klublarining qiziqishlari fonida «Aston Villa»dan ketishga yaqin kelgan edi, biroq yakunda klubda qoldi.













