Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

ESPN «Liverpul» yangi bosh murabbiy izlayotgani haqidagi vaziyat tafsilotlarini ochiqladi

ESPN «Liverpul» yangi bosh murabbiy izlayotgani haqidagi vaziyat tafsilotlarini ochiqladi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiylik lavozimiga tayinlash uchun Andoni Iraola bilan rasmiy muzokaralarni boshlashga hozirlik ko‘rmoqda.

ESPN xabariga ko‘ra, mersisaydliklar rahbariyati 43 yoshli ispaniyalik mutaxassisni vakant lavozimga asosiy nomzod deb hisoblamoqda. Iraola nomzodining ustunliklaridan biri shundaki, uning moliyaviy talablari klub uchun muammo tug‘dirmaydi.

«Bornmut»da ishlagan davrida murabbiy yiliga taxminan 10 million funt sterling maosh olishni ko‘zlagan edi. O‘shanda klub bu talablarni qondira olmagan, ammo «Liverpul» unga xuddi shunday miqdordagi maoshni taklif qilishga tayyor. Avvalroq Arne Slot ham aynan shuncha maosh olgan.

Nomzodlar qatorida «Shtutgart» ustozi Sebastyan Xyones ham qolmoqda, biroq ayni damda aynan Iraola bu lavozim uchun bosh favorit hisoblanadi.

«Liverpul» yangi bosh murabbiy masalasini klublar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanishidan avval hal qilishni rejalashtirmoqda. Bu mutaxassisga jamoani 2026/2027 yilgi mavsumga to‘liq tayyorlash va yozgi transferlar davrida tarkibni shakllantirishda ishtirok etish imkonini beradi.

Kiritildi: 09:12, 02.06.2026.
O'qildi: 1185 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик