«Tottenxem» qanot himoyachisi Pedro Porro Madridning «Real» klubiga o‘tmaydi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «shporlar» 26 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib yuborishni rejalashtirmayapti. London klubi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Porroni jamoa loyihasini qayta tiklashdagi asosiy figuralardan biri deb hisoblaydi.
2025/26 yilgi mavsumda Porro barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachining «Tottenxem» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.













