Kirish Ro'yxatdan o'tish

APLning ikki top-klubi Leau haqida ma’lumot so‘radi

APLning ikki top-klubi Leau haqida ma’lumot so‘radi

Baho:
+ | -

«Milan» qanot hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Insayder Nikolo Skiraning ta’kidlashicha, «Manchester Yunayted» va «Arsenal» klublari yozgi transfer oynasida «Milan»ni tark etish istagini bildirgan Leau borasida ma’lumot so‘rashgan.

Futbolchining o‘zi kuchini Premyer-ligada sinab ko‘rmoqchi, ammo hozircha hech qanday aniq takliflar kelib tushmagan. 2025/26 yilgi mavsumda Leau barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 10 marta ishg‘ol qilgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Leauning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari 26 yoshli portugaliyalik futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:13, 02.06.2026.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик