Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» Gordonga munosib o‘rinbosar topdi

«Bavariya» Gordonga munosib o‘rinbosar topdi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi PSV hujumkor yarim himoyachisi Ismoil Saybari bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, muzokaralar «Barselona»ni tanlagan Gordon bilan bo‘lgan transfer kelishuvi barbod bo‘lgach boshlangan. «Bavariya» Saybarini yuqori baholaydi, futbolchining o‘zi ham Germaniya grandi safiga qo‘shilishni juda istamoqda. Biroq PSV hozircha o‘z futbolchisi uchun aniq narx belgilamagan.

Yakunlangan mavsumda 25 yoshli Saybari barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, marokashlik futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 13:26, 02.06.2026.
O'qildi: 1038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик