Football Italia xabariga ko‘ra, yozgi transfer oynasi arafasida Nigeriya terma jamoasi va «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxenning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.
27 yoshli futbolchi 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Polshaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun Nigeriya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilmadi. Terma jamoa bosh murabbiyining so‘zlariga ko‘ra, ehtimoliy transfer atrofidagi vaziyat o‘yinchining milliy terma jamoadagi ishtirokiga to‘liq e’tibor qaratishiga halaqit berishi mumkin.
Manbaning xabar berishicha, Osimxenga A Seriyaning bir nechta klubi, jumladan, «Yuventus» va «Roma» qiziqish bildirmoqda. Nigeriyalik futbolchining taqdiri bo‘yicha qaror shu yozning o‘zidayoq qabul qilinishi mumkin. Osimxen joriy mavsumda Turkiya chempionatida 22 ta o‘yinda 15 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Chempionlar ligasida esa 10 ta uchrashuvda 7 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.













