«Liverpul» mavsum oldi tayyorgarlik doirasida «Monako» va «Komo» jamoalariga qarshi o‘z maydonida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.
9 avgust kuni «Monako» bilan nazorat o‘yini bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30 ga belgilangan.
16 avgust kuni esa «Liverpul» «Komo» bilan kuch sinashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Ikkala uchrashuv ham «qizillar»ning uy stadioni — «Enfild»da bo‘lib o‘tadi.
2025/26 yilgi mavsumda «Liverpul» 60 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi. 30 may kuni klub Arne Slot bosh murabbiylik lavozimidan iste’foga chiqarilganini e’lon qilgan edi.













