Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 1-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Makron rafiqasi bilan JCH-2026 oldidan Fransiya terma jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi

Makron rafiqasi bilan JCH-2026 oldidan Fransiya terma jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron milliy terma jamoa o‘yinchilari oldiga bordi.

Uchrashuv Fransiya terma jamoasining Klerfontendagi mashg‘ulot bazasida bo‘lib o‘tdi. Makronga rafiqasi Brijit hamrohlik qildi. Prezident futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan suhbatlashdi, so‘ngra ular bilan birgalikda esdalik uchun suratga tushdi.

Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati ishtirokchilari orasida eng qimmatbaho jamoalar reytingida yetakchilik qilmoqda. Jamoa Meksika, AQSH va Kanadada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Guruh bosqichida Fransiya Norvegiya, Iroq va Senegal terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 08:24, 03.06.2026.
O'qildi: 749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик