Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» yarim himoya chizig‘ini yangilamoqchi

«Manchester Yunayted» yarim himoya chizig‘ini yangilamoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoya markazini kuchaytirmoqchi.

«The Athletic» xabariga ko‘ra, mankunianliklar Aleks Skottga qiziqish bildirmoqda va 22 yoshli angliyalik futbolchi haqida so‘rovlar yuborgan. «Bornmut» esa xavbek bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda, shu sababli bu transfer amalga oshishi amrimahol ko‘rinmoqda.

Shuningdek, «MYU» «Vest Xem» vakili Mateush Fernandeshni ham kuzatmoqda. Qayd etilishicha, «Yunayted» allaqachon portugaliyalik futbolchining potensial transfer narxi va maoshini muhokama qilgan.

Klub e’tiborini tortayotgan yana bir o‘yinchi — «Midlsbro»dan Xeyden Xekni. U maqsadlar ro‘yxatida yuqoridagi futbolchilardan pastroq o‘rinda turadi va «Everton»ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Kiritildi: 09:05, 03.06.2026.
O'qildi: 920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик