«Barselona» yaqin kelajakda «Bavariya» hujumchisi Xarri Keynni o‘z safiga qo‘shib olishi dargumon. CatalunyaRadio xabariga ko‘ra, ingliz futbolchisi klub almashtirmoqchi emas – u Myunxenda o‘zini baxtiyor his qilmoqda va jamoada qolishni istaydi.
Shunga qaramay, kataloniyaliklarning ba’zi yuqori martabali vakillari hali ham Robert Levandovskining o‘rnini bosishga qodir bo‘lgan 32 yoshli hujumchini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ishonishmoqda.
Xarri Keynning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng yakuniga yetadi, ammo yaqin oylar ichida shartnoma muddati uzaytirilishi kutilmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi aql bovar qilmas natija ko‘rsatdi: 51 ta uchrashuvda 61 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













