«Manchester Yunayted» jamoaning yarim himoya chizig‘ini tubdan yangilashga qaror qildi. «Qizil iblislar» safiga yaqin orada «Atalanta» futbolchisi Ederson qo‘shilishi kutilmoqda. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchi mankunianliklarning yagona transferi bo‘lmaydi: Kazemiro va Manuel Ugarte jamoadan ketishi sababli, «MYU» Edersondan keyin yana bir yoki ikki nafar yangi yarim himoyachini imzolaydi.
«Atalanta» yulduzining transferi ingliz grandiga bonuslarni hisobga olmaganda 40 million yevroga tushadi. Turli manbalarga ko‘ra, «Yunayted» yana Elliot Anderson, Orelyen Tchuameni, Mateush Fernandesh, Adam Uorton, Karlos Baleba va boshqa ko‘plab taniqli yarim himoyachilarga qiziqish bildirmoqda.













