«Atletiko» «PSJ» iqtidorli yarim himoyachisiga qiziqishda davom etmoqda.
Fichajes nashrining xabar berishicha, «matraschilar» rahbariyati yozgi transfer oynasida Li Kan Inni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Fransiya grandini tark etishga tayyor.
Uning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Li Kan In joriy mavsumda «PSJ» safida barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt saytidagi transfer qiymati 28 million yevroga baholanmoqda.













