Alessio Romanyoli faoliyatini Roberto Manchini jamoasida davom ettiradi.
Sky Sport xabariga ko‘ra, «Lasio» va «As-Sadd» 31 yoshli himoyachining transferi bo‘yicha taxminan 3 million yevro evaziga kelishuvga erishdi. Futbolchiga Qatar klubi bilan ba’zi shaxsiy shartlarni kelishib olish qoldi, xolos.
Eslatib o‘tamiz, «As-Sadd» qishda ham italiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin kelgan edi. O‘shanda rimliklar dastlab Alessioni taxminan 10 million yevroga sotishga rozi bo‘lishgan, keyinroq esa ko‘proq mablag‘ talab qilishgan va natijada transfer amalga oshmay qolgandi.
Romanyoli o‘tgan mavsumda A Seriyada 32 ta o‘yin o‘tkazdi.













