«Real» prezidenti Florentino Peres «Komo» yarim himoyachisi Niko Pasning o‘yini unga ma’qul kelayotganini ta’kidladi.
«Niko Pas — bizning yoshlar akademiyasidan yetishib chiqqan va hozirda Yevropaning katta klublari e’tiborini tortayotgan kelajagi buyuk o‘yinchilardan biri. U Italiyada «Komo» safida fantastik mavsumni o‘tkazdi. Biz (uni sotib olish bo‘yicha) qarorni murabbiy va murabbiylar shtabi bilan birgalikda qabul qilamiz», — deya Peresning so‘zlarini keltiradi Diario AS.
2025/26 yilgi mavsumda «Real» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 21 yoshli argentinalik futbolchi barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













