O‘zbekiston professional futbol ligasi Superliganing joriy mavsumida dastlabki 11 ta turida barcha bahslarda to‘liq (almashtirishlarsiz) o‘ynagan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Bunday o‘yinchilar soni 14 nafarni tashkil qildi. Ularning 3 nafari ayni paytda O‘zbekiston milliy jamoasi bilan birga AQSHda bo‘lib turibdi. Shuningdek, ro‘yxatdagi futbolchilarning 4 nafari legioner hisoblanadi.














