Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Fermin Lopes faoliyatini boshqa Yevropa chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda «El Nacional».
Jurnalistlarning ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik xavbekning transferiga Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi — Fransiyaning «PSJ» klubi qiziqish bildirmoqda. Parij grandi rahbariyati yozgi transfer oynasida futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi. Bitim jahon chempionati-2026 yakunlanganidan so‘ng rasmiylashtirilishi mumkin.
23 yoshli yarim himoyachining «ko‘k-anorranglilar» bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Lopesning transfer qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.













