Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem»ning himoyachini sotib olish bo‘yicha birinchi taklifi rad etildi

«Tottenxem»ning himoyachini sotib olish bo‘yicha birinchi taklifi rad etildi

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi «Brayton»ga markaziy himoyachi Yan-Paul van Xekkeni sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif yubordi. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn xabar bermoqda.

Biroq, manbaga ko‘ra, «chaykalar» bu taklifni rad etdi, chunki taklif qilingan summa kutilganidan ancha past bo‘lgan. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Ayni vaqtda «Brayton» bosh murabbiyi Fabian Xyurseler yaqin orada van Xekke bilan uchrashib, uning kelajagini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

O‘tgan mavsumda 25 yoshli niderlandiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan. «Transfermarkt» mutaxassislari himoyachini 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:53, 04.06.2026.
O'qildi: 249 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик