Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» va «Atletiko» kurashga qo‘shildi, ammo Bernardu Silva «Barsa»ni tanlamoqda

«Real» va «Atletiko» kurashga qo‘shildi, ammo Bernardu Silva «Barsa»ni tanlamoqda

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor yo‘nalishni tanladi. Bu haqda insayder Fernando Polo ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, xavbek «Barselona»ga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda. Tajribali portugaliyalik futbolchining xizmatlariga Madridning «Real» va «Atletiko» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Silva 2017 yilning yozidan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Futbolchining bozor qiymati 22 million yevroga baholanmoqda. Angliya Premyer-ligasining yakunlangan mavsumida Bernardu 38 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi ikkita gol urdi, to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi va o‘n marta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 12:56, 04.06.2026.
O'qildi: 321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик