Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning uch nafar yulduz futbolchisi — yarim himoyachi Jud Bellingem, vinger Vinisius Junior va markaziy hujumchi Kilian Mbappening kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Ularning barchasi — noyob futbolchilar. Bunday o‘yinchilarni dunyoning istalgan klubi o‘z safida ko‘rishni istardi. Ular hozirda «Real»da ekanidan xursandmiz. Shubhasiz, Jud, Kilian va Vinisius jamoada qolishadi», — deya rahbarning so‘zlarini keltiradi «AS» nashri.
O‘tgan mavsumda madridlik grand Ispaniya La Ligasida ikkinchi o‘rinni egallab, chempionlik poygasida Kataloniyaning «Barselona»siga imkoniyatni boy bergandi. Chempionlar ligasida esa «qaymoqranglilar» chorak final bosqichida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Myunxenning «Bavariya»siga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etishdi.













