«Bornmut»ning sobiq bosh murabbiyi Andoni Iraola tez orada «Liverpul»ni boshqaradi. Seshanba kuni ma’lum bo‘lishicha, tomonlar allaqachon og‘zaki kelishuvga erishgan. «Sky Sports News» ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni ispaniyalik mutaxassis «qizillar» («Liverpul») bilan shartnoma imzolaydi. Shundan so‘ng klub murabbiy tayinlanganini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Andoni Iraola uch yil davomida «Bornmut»da muvaffaqiyatli ishladi. 43 yoshli murabbiy «Liverpul»da may oyi oxirida yakunlangan mavsumdagi qoniqarsiz natijalari uchun ishdan bo‘shatilgan Arne Slotning o‘rnini egallaydi. «Liverpul» o‘tgan mavsumda APLda beshinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Iraola boshqaruvidagi «Bornmut» atigi uch ochko ortda qolgan holda oltinchi pog‘onani band etdi.













