Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kayl Uoker Angliya terma jamoasi himoyasidan xavotirda

Kayl Uoker Angliya terma jamoasi himoyasidan xavotirda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi Kayl Uoker 2026 yilgi jahon chempionati boshlanishi arafasida Angliya milliy terma jamoasining himoya chizig‘iga baho berdi.

«Agar himoyaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, hech kim juda yuqori saviyadagi o‘yinni ko‘rsatgani yo‘q. Bunday himoyaga ishonish mumkinmi, bilmayman. Ayrim futbolchilar borasida shubhalarim bor, lekin men bosh murabbiy emasman. Shou va Maguayr o‘tgan mavsumda o‘zlarini a’lo darajada ko‘rsatishdi, ammo ularni mundialga olishmadi. Menimcha, bu yigitlar u yerga borishlari kerak edi», — deya himoyachining so‘zlarini keltiradi «Goal» portali.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining guruh bosqichida Angliya terma jamoasi Xorvatiya, Gana va Panama bilan to‘qnash keladi.

Kiritildi: 13:31, 04.06.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик