Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

«Manchester Yunayted» Jarrod Bouenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Manchester Yunayted» Jarrod Bouenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Vest Xem» vingeri Jarrod Bouen shu yozda klubni o‘zgartirishi mumkin. «The Guardian» nashriga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. «Bolg‘achilar» o‘z o‘yinchisini 50 million funt sterlingga baholamoqda, biroq kelishuvga erishish uchun 40 million funt sterling miqdoridagi taklif yetarli bo‘lishi mumkin deb hisoblanmoqda.

Jarrod Bouen 2020 yilda «Xall Siti»dan 21 million yevro evaziga «Vest Xem»ga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda vinger «bolg‘achilar» safida barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuv o‘tkazib, 11 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 13:49, 04.06.2026.
O'qildi: 1476 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик