Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» Stankovichni qayta sotib olish huquqidan foydalanganini rasman e’lon qildi

«Inter» Stankovichni qayta sotib olish huquqidan foydalanganini rasman e’lon qildi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi yarim himoyachi Aleksandar Stankovichning jamoaga qaytganini e’lon qildi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, «neradzurri» futbolchini Belgiyaning «Bryugge» klubidan qayta sotib olish huquqidan foydalangan.

Futbolchi bilan imzolangan yangi kelishuv 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Bozor qiymati 32 million yevroga baholanayotgan Stankovich Belgiya jamoasi safida jami 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta golli harakatni (gol + pas) yozdirib qo‘yishga ulgurgan edi. Uning «Inter»dagi faoliyatiga nazar tashlasak, u milanliklar libosida 58 ta bahsda qatnashib, 12 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsumda «Inter» A Seriyaning oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, milanliklar Italiya Kubogi finalida Rimning «Lasio» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etib, ushbu sovringa ham ega chiqishgan edi.

Kiritildi: 16:33, 05.06.2026.
O'qildi: 504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик