«Bavariya» o‘z tarkibini kuchaytirish borasida rejalar tuzmoqda. «The Touchline» nashrining jurnalist Devid Ornshteynga tayanib xabar berishicha, Bundesliga grandi «Liverpul» vingeri Rio Ngumoani sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Hozircha «Bavariya» va «Liverpul» o‘rtasida hech qanday aloqa bo‘lgani yo‘q. Mersisayd klubi 17 yoshli Ngumoa sotilmasligini ta’kidlamoqda.
Yozning oxirida Rio Ngumoa voyaga yetadi (18 yoshga to‘ladi). Vinger allaqachon «Liverpul»ning asosiy jamoasi safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi. Ushbu o‘yinlarda Ngumoa o‘z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Nufuzli «Transfermarkt» portali Rio Ngumoani 30 million yevroga baholamoqda.













