Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

«Arsenal» 80 million yevroga yangi vinger sotib olishi mumkin

«Arsenal» 80 million yevroga yangi vinger sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Transfer huquqi «Portu» klubiga tegishli bo‘lgan braziliyalik vinger Villiam Gomes faoliyatini Angliya Premyer-ligasining grand klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Globo Esporte jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Londonning «Arsenal» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qayd etish lozimki, Gomesning amaldagi shartnomasida 80 million yevro miqdorida tovon puli belgilab qo‘yilgan.

Villiam portugal klubi tarkibida jami 46 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Hujumchi o‘z hisobiga 13 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga ulgurdi. Braziliyalik futbolchining «ajdarholar» bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyi yakuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:12, 06.06.2026.
O'qildi: 1257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик