Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kivu iste’fo haqida o‘ylaganini tan oldi

Kivu iste’fo haqida o‘ylaganini tan oldi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu hozirgi lavozimidagi debyut mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazdi, biroq baribir ishdan bo‘shatilish xavfi haqidagi xayollar uni chetlab o‘tmadi. Ruminiyalik mutaxassis bu lavozimni o‘tgan yilning iyun oyida — Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan Simone Indzagining o‘rinbosari sifatida egallagan edi.

«Mavsum davomida meni ishdan bo‘shatishlari mumkinligi haqida o‘yladimmi? Ha, bunday xayollar bo‘ldi. Ayniqsa, «Yuventus» va «Udineze»dan uchralgan mag‘lubiyatlardan keyin. O‘shanda menga hamma narsa barbod bo‘layotgandek tuyulgandi. Meni o‘sha zahotiyoq ruhlantirishdi. Butun mavsum davomida men faqat qo‘llab-quvvatlash va ishonchni his qildim», — dedi Kivu Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «neradzurrilar» yakunlangan mavsum natijalariga ko‘ra A Seriya va Italiya Kubogi g‘olibiga aylanishdi.

Kiritildi: 12:46, 06.06.2026.
O'qildi: 425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик