Kirish Ro'yxatdan o'tish

Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarilishi mumkin

Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarilishi mumkin

Baho:
+ | -

Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Talg‘at Baysufinov Vengriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin, natijadan qat’i nazar, o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Aleksandr Troiskiy ma’lum qildi.

— QFF rahbariyatida Baysufinov hozirgi paytda terma jamoaga kerak bo‘lgan murabbiy emas, degan fikr bor. Hatto moliyalashtirishni qisqartirish haqida ham gap-so‘zlar yurmoqda. Bu esa futbolchilarning mukofot pullariga, sparring raqiblar tanloviga va xorij yig‘inilarga ta’sir qilishi mumkin.

Marat Omarov vaziyatdan xabardor va tartibsizlikka yo‘l qo‘ymaydi, deb umid qilaman.

Murabbiy masalasi, albatta, jamoaviy tarzda hal qilinishi kerak. Baysufinov davridagi natijalar bo‘yicha shaxsan menda deyarli savol yo‘q.

Nomzodlarga kelsak, men avval ham avstraliyalik Ange Postekoglu nomini tilga olgandim. U QFFning hozirgi bosh kotibi Munn bilan «Tottenhem»da birga ishlagan. Bu insayd emas, shaxsiy fikrim. Shunchaki taxmin qilyapman. Bilasizlar, mening bunday taxminlarim ko‘p hollarda to‘g‘ri chiqadi, — deb yozdi jurnalist o‘zining Telegram kanalida.

Bugun Qozog‘iston terma jamoasi Armaniston bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 9 iyun kuni esa milliy jamoa Vengriyaga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, Talg‘at Baysufinov 2025 yil oktyabr oyida uchinchi marta Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning qo‘l ostida jamoa uchta uchrashuv o‘tkazib, birortasida ham mag‘lub bo‘lmadi: Lixtenshteyn 4:0 hisobida mag‘lub etildi, Shimoliy Makedoniya (1:1) va Belgiya (1:1) bilan esa durang qayd etildi. Baysufinov bundan avval ham ikki marta milliy jamoani boshqargan.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 23:24, 06.06.2026.
O'qildi: 790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик