Braziliya terma jamoasi Amerikaning Klivlend shahrida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Misr jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinning 7-daqiqasida braziliyaliklar yarim himoyachisi Brunu Gimarayns hisobni ochdi. 11-daqiqada esa Misr terma jamoasi hujumchisi Mostafa Ziko javob golini urdi.
54-daqiqada hujumchi Rafinyaning uzatmasidan so‘ng, braziliyaliklar forvardi Endrik yakuniy hisobni o‘rnatdi.
JCH-2026 final bosqichining guruh bosqichida Braziliya Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan, Misr esa Belgiya, Eron hamda Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi.













