«Manchester Siti»ning sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silva Madridning «Real» klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Jurnalist Xose Feliks Diasning xabar berishicha, 31 yoshli futbolchining transferiga «qaymoqranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyoning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda.
Bundan oldin «qirollik klubi» «shaharliklar»ning sobiq sardori nomzodidan voz kechgan edi, biroq endilikda «The Special One» ushbu kelishuvni talab qilayotgani sababli vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Bernardu Silva to‘qqiz yil davomida «Manchester Siti» sharafini himoya qildi. Portugaliyalik xavbek muddati tugayotgan shartnomasini uzaytirishni rad etdi — endi u erkin agent maqomida turibdi. Futbolchiga, shuningdek, «Barselona» va Madridning «Atletiko» klublari ham qiziqish bildirmoqda.













