Himoyachi Kristian Romero shu yozda «Tottenxem»ni tark etishi mumkin. Fichajes nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
«Qizil iblislar» argentinalik himoyachining transferi uchun 65 million yevro to‘lashga tayyor. Manchester klubi himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida va Romero o‘zining yetakchilik fazilatlari hamda tajribasi tufayli klubning ustuvor transfer maqsadi bo‘lib turibdi.
Kristian Romero 2022 yilda «Atalanta»dan «Tottenxem»ga 53 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi «shporlar» safida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













