Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Brayton» rasman yangi vinger transferini e’lon qildi

«Brayton» rasman yangi vinger transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Brayton» Shvesiyaning AIK klubidan vinger Zeydok Yoxannaning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

18 yoshli nigeriyalik futbolchi jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi oshkor qilinmayapti, biroq yaqindagina «Nyukasl» ushbu o‘yinchi uchun 24 million yevro taklif qilgani ma’lum. Kelishuv transfer oynasi ochilib, barcha zarur ruxsatnomalar olinganidan so‘ng rasman yakuniga yetadi.

Yoxanna Yevropaning eng istiqbolli yosh futbolchilaridan biri hisoblanadi. Joriy mavsumda u Shvesiyaning AIK jamoasi safida barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Yoxanna faoliyatini Nigeriya akademiyalaridan birida boshlagan, 2025 yilda esa Shvesiyaga ko‘chib o‘tib, u yerda tez fursatda moslashdi va AIKning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi.

Kiritildi: 12:39, 07.06.2026.
O'qildi: 324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик