Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» va «Manchester Siti» afsonasi «Slovan» klubi bosh murabbiyi bo‘ladi

«Barselona» va «Manchester Siti» afsonasi «Slovan» klubi bosh murabbiyi bo‘ladi

Baho:
+ | -

«Barselona» va «Manchester Siti» klublarining sobiq futbolchisi Yaya Ture Bratislavaning «Slovan» klubi bilan hamkorlik shartlarini kelishib oldi, u jamoada bosh murabbiy sifatida ish boshlaydi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

«Slovan»dagi faoliyat Ture uchun bosh murabbiy rolidagi birinchisi bo‘ladi. Unga avvalroq «Seltik» va «Suonsi Siti» klublarida ishlagan Darren O'Di yordamchilik qilishi kutilmoqda.

Bundan oldin Yaya Ture «Tottenxem Xotspur» akademiyasida faoliyat yuritgan, shuningdek, Belgiyaning «Standard» klubi hamda Saudiya Arabistoni terma jamoasida bosh murabbiy yordamchisi sifatida mehnat qilgan edi.

2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Slovan» Slovakiya chempioniga aylandi. Agar Chexoslovakiya davridagi sovrinlar ham hisobga olinsa, ushbu jamoa mamlakatning 27 karra chempioni hisoblanadi.

Kiritildi: 13:47, 07.06.2026.
O'qildi: 376 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик