Kirish Ro'yxatdan o'tish

Djo Koul JCH haqida: «Angliya bosim ostida qoladi — kimdir o‘yinni o‘z qo‘liga olishi kerak»

Djo Koul JCH haqida: «Angliya bosim ostida qoladi — kimdir o‘yinni o‘z qo‘liga olishi kerak»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Djo Koulning fikricha, Jahon chempionati taqdiri uchrashuvlardagi xaotik vaziyatlarda nimalar sodir bo‘lishi bilan belgilanadi.

«Shunday vaziyat keladiki, ehtimol 1/16 finaldan boshlab, Angliya qiyin ahvolga tushib qoladi va futbolchilar nimadir qilishlariga to‘g‘ri keladi.

Men buni Qatardagi argentinaliklar bilan bog‘liq vaziyatga o‘xshataman — chorak finalda Niderlandiya terma jamoasi hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirgan paytni eslang. Ularning futbolchilaridan biri to‘pni Niderlandiya zaxira o‘rindig‘iga qarata tepdi va maydon chetida janjal boshlandi. Bu voqea Argentina jamoasini uyg‘otib yubordi va ular yakunda g‘alaba qozonishdi. Agar u bunday qilmaganida, menimcha, Niderlandiya ularni turnirdan chiqarib yuborgan va Fransiya Jahon chempioni bo‘lgan bo‘lardi.

Biz eng zo‘ri bo‘lishni xohlaymiz, shuning uchun salbiy lahzalarni ijobiy tomonga o‘zgartira olishimiz kerak. Fransiya 2022 yilda amaldagi chempion edi va buni juda yaxshi his qilardi.

Jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun, Angliya bosim ostida qolgan paytda kimdir mas’uliyatni va o‘yinni o‘z qo‘liga olishi shart», — dedi Koul.

Kiritildi: 15:38, 07.06.2026.
O'qildi: 230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик