«Atalanta» va Belgiya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Sharl de Ketelare bo‘lajak Jahon chempionatidan kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz guruhdan chiqishimiz kerak, dastlabki uchta o‘yin juda muhim. Keyin esa pley-off bosqichiga qay holatda yetib kelishimizga qaraymiz. O‘ylashimcha, biz ko‘plab jamoalarni mag‘lub eta olamiz va u yerga o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonch bilan borishimiz kerak», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi SportMediaset nashri.
Mundialning guruh bosqichida Belgiya terma jamoasi Misr, Eron va Yangi Zelandiya milliy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Belgiya terma jamoasining Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi — 2018 yilgi Rossiyada o‘tgan JCHdagi bronza medallar hisoblanadi.













