Yarim himoyachi Manuel Ugarte «Manchester Yunayted»dan ketishga yaqin turibdi.
UtdDistrict nashrining xabariga ko‘ra, urugvaylik futbolchi shu yozda «qizil iblislar» safini tark etmoqchi, Manchester klubi esa uni sotib yuborishni ko‘zlamoqda.
Avvalroq, xavbekka Turkiya va Italiya jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar berilgan edi. Jarayonga aloqador barcha tomonlar Ugarte klubdan ketish borasida yakuniy qarorga kelganini tushunib turishibdi.
Manuel Ugarte 2024 yilda «PSJ»dan «Manchester Yunayted»ga 50 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda urugvaylik futbolchi «qizil iblislar» safida barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va birorta ham samarali harakat amalga oshira olmadi. Transfermarkt portali Ugartening bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.













