Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yamal eng kam baholangan futbolchilar nomini aytdi

Yamal eng kam baholangan futbolchilar nomini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal o‘zining fikricha yetarlicha baholanmagan futbolchilar kimlar ekanligini ma’lum qildi.

«Kam baholangan futbolchilarmi? Jerar Martin. Shuningdek, Tomas Myuller ham o‘z vaqtida yetarlicha baholanmagan deb o‘ylayman. Yana «PSJ»dan Fabian Ruisni ayta olaman.

Koul Palmer deysizmi? Yo‘q, u kam baholangan futbolchilar sirasiga kirmaydi. U «Chelsi»da 10-raqamda to‘p suradi va «Oltin to‘p» so‘rovnomasida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Qanday qilib uni kam baholangan deb atash mumkin?» — deya Yamalning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Hozirda Lamin Yamal jarohatdan tiklanish jarayonining yakuniy bosqichida turibdi. 18 yoshli futbolchi Jahon chempionati doirasida bo‘lib o‘tadigan Ispaniya terma jamoasining Kabo-Verdega qarshi dastlabki o‘yiniga (15 iyun) tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 20:31, 07.06.2026.
O'qildi: 1048 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик