Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyuning «Real»ga rasman qaytish vaqti ma’lum bo‘ldi

Mourinyuning «Real»ga rasman qaytish vaqti ma’lum bo‘ldi

Baho:
+-1 | -

Joze Mourinyu Madridning «Real» klubiga qaytmoqda. Portugaliyalik mutaxassis faoliyatida ikkinchi bor «qaymoqranglilar» bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda Florentino Peres prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasidan so‘ng ma’lum qildi.

Jurnalist Xose Luis Sanchesning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, klub «The Special One» tayinlanganini bugun, ya’ni dushanba kuniyoq rasman e’lon qiladi. Murabbiyning taqdimot marosimi esa, katta ehtimol bilan, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Mourinyu o‘zining dastlabki tashrifi davrida «Real»ni uch yil davomida — 2010 yildan 2013 yilgacha boshqargan edi. Ushbu mutaxassis qo‘l ostida jamoa bir martadan La Liga, Ispaniya Kubogi va mamlakat Superkubogida zafar quchgan, shuningdek, uch bor Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar yetib borgan.

Kiritildi: 09:49, 08.06.2026.
O'qildi: 1258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик