Kirish Ro'yxatdan o'tish

Danilo Anchelotti va Ronaldu o‘rtasidagi o‘xshashlikni aytdi

Danilo Anchelotti va Ronaldu o‘rtasidagi o‘xshashlikni aytdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi futbolchisi Danilo murabbiy Karlo Anchelotti va o‘zining sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduni o‘zaro solishtirdi. Italiyalik mutaxassis «Flamengo» klubining 34 yoshli himoyachisini «selesao»ning Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritgan. Avvalroq braziliyalik futbolchi «Yuventus» safida to‘p surgan va o‘sha yerda Ronaldu bilan birga o‘ynagan edi.

«Anchelotti va Ronaldu o‘zaro juda o‘xshash. Karlo ham, Krishtianu kabi, futbol olamidagi eng mashhur insonlar qatoriga kiradi, ammo kundalik hayotda o‘zini oddiy insonlardek tutadi. Qo‘lga kiritgan barcha muvaffaqiyatlariga qaramay, u kamtar bo‘lib qolgan — bu haqiqiy chempionlarga xos eng muhim fazilatlardan biridir. U aql bovar qilmas yutuqlarga erishgan, biroq xuddi hali hech narsaga erishmagandek ishlashda davom etadi», — deya Daniloning so‘zlarini keltirmoqda «Al Nassr Zone».

Ma’lumot uchun, Karlo Anchelotti 2025 yilning o‘rtalarida Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Kiritildi: 11:42, 08.06.2026.
O'qildi: 245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик