Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» Velisni sotishga yaqin turibdi

«Tottenxem» Velisni sotishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» hujumchisi Alexo Velis yaqin orada Braziliyaning «Baiya» klubi futbolchisiga aylanadi. «Football London» nashrining xabar berishicha, argentinalik forvard transferga oid rasmiyliklarni yakunlash uchun allaqachon Braziliyaga yetib borgan.

London klubi Velisni 2023 yilning yozida sotib olgan edi, biroq u asosiy jamoa safida bor-yo‘g‘i 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Keyinchalik hujumchi ijara asosida «Sevilya», «Espanyol» va o‘zining qadrdon klubi «Rosario Sentral»da to‘p surdi.

Qayd etilishicha, tomonlar transfer narxini o‘tgan qishdayoq 9 million yevro etib kelishib olishgan. Bundan tashqari, 1 million yevro miqdorida bonuslar va futbolchining keyingi sotuvidan 20 foiz ulush ham ko‘zda tutilgan. 22 yoshli futbolchining o‘zi Braziliyaga uchib kelganidan so‘ng tez orada transfer amalga oshishini tasdiqladi. Kelishuv borasidagi rasmiy bayonot yaqin kunlarda kutilmoqda.

Kiritildi: 17:05, 08.06.2026.
O'qildi: 846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик