Kirish Ro'yxatdan o'tish

Origi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Origi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Belgiyalik hujumchi Divok Origi professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda 31 yoshli forvard o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

«Futbolchi sifatidagi maqsadimga erishdim. Men bolalikdagi orzularimni ro‘yobga chiqardim — eng katta sahnalarda o‘ynadim va eng nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Bularning barchasi uchun Yaratgandan minnatdorman. Missiya bajarildi. Endi men keyingi chaqiruv sari yo‘l olmoqdaman», — deyiladi Origining bayonotida.

O‘z faoliyatining eng gullagan davrida belgiyalik hujumchi «Liverpul» sharafini himoya qilgan va ushbu klub safida Chempionlar Ligasi kubogi hamda Premyer-liga oltin medallariga ega chiqqan edi.

Origining so‘nggi klubi «Milan» bo‘ldi, biroq u so‘nggi ikki yil davomida jamoa safida birorta ham rasmiy o‘yinda maydonga tushmadi. 

Kiritildi: 20:34, 08.06.2026.
O'qildi: 770 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик