Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nukusdagi «Turan» stadionida qurilish yakuniy bosqichga kirdi

Nukusdagi «Turan» stadionida qurilish yakuniy bosqichga kirdi

Baho:
+ | -

Kecha — 8 iyun kuni O‘zPFL ishchi guruhi Nukus shahrida bo‘ldi. Safar davomida Liga rahbari Diyor Imomxo‘jayev Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev bilan uchrashdi hamda «Aral» futbol klubi va «Turan» stadioni masalasida suhbatlashdi.

Ayni vaqtda «Aral» futbol klubi Proliga doirasida 10 ta uchrashuv o‘tkazib, mag‘lubiyatsiz seriya hamda 26 ochko bilan musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Shundan kelib chiqib, «Aral» Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi «Aral» klubini rivojlantirish hamda «Turan» stadionini ta’mirlash masalasida barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Rejaga ko‘ra, «Turan» stadioni shu yilning kuz oylarida foydalanishga topshiriladi.

Ayni vaqtda stadionga FIFA talablariga javob beradigan qoplama yotqizilgan. Shuningdek, Liga talabi bo‘yicha zamonaviy projektorlar to‘liq o‘rnatilgan. Hozirda sifatli teletranslyasiya imkoniyatini ta’minlovchi kabellashtirish ishlari, kamera platformalarini joylashtirish, media tribuna, sharhlovchilar xonasi hamda matbuot anjumani zalini tashkil etish ustida ishlar olib borilmoqda.

«Turan» stadioni uchun VAR texnikasi xarid qilingan bo‘lib, yaqin kunlarda uni o‘rnatish ishlari ham boshlanadi.

Stadionning texnik nuqtalari Liga taklif etgan loyiha asosida amalga oshirilgan. Zaxira o‘rindiqlari, kiyim almashtirish xonalari va VVIP lojalari zamonaviy ko‘rinishda bunyod etilgan.

Stadion 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, kelajakda respublika futbolining eng muhim va zamonaviy markazlaridan biriga aylanishiga shubha yo‘q.

Rejaga ko‘ra, Liga ishchi guruhi iyul oyining so‘nggi o‘n kunligida Nukusga qaytadi.

Ma’lumot uchun, «Aral» futbol klubi kuni kecha OFK klublarni lisenziyalash shartlarini muvaffaqiyatli bajargan klublar safiga qo‘shildi. Bu klub tarixidagi muhim yangiliklardan biri hisoblanadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:48, 09.06.2026.
O'qildi: 181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик