Frankfurtning «Ayntraxt» klubi chap qanot himoyachisi Nataniel Braun «Manchester Yunayted»ga o‘tmaydigan bo‘ldi.
«Qizil iblislar» so‘nggi haftalarda 22 yoshli futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqishgan edi. O‘yinchi transferga tayyor edi va Premyer-ligada o‘z kuchini sinab ko‘rishni istagandi, biroq «Bavariya» faolroq harakat qildi: «MYU» kimoshdi savdosiga kirishishni istamadi va shu sababli Myunxen grandining taklifidan ko‘proq pul berishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda Bild.
Yaqin vaqt ichida, agar kutilmagan holat yuz bermasa, Germaniya chempionlari lateral transferi bo‘yicha kelishuvni yakuniga yetkazishadi. Nataniel «Bavariya»ga taxminan 65 million yevroga tushishi taxmin qilinmoqda. Mankunianliklar bu narxni haddan tashqari yuqori deb hisoblashdi va shu sababli boshqa nomzodlarga e’tibor qaratishga o‘tishdi.













