Mashhur Goal portali «Manchester Yunayted» klubining Gleyzerlar oilasi egalik qilgan davrdagi eng muvaffaqiyatsiz va omadsiz transferlari reytingini e’lon qildi.
Ushbu antireytingning eng yuqori pog‘onasidan jamoaning amaldagi darvozaboni Andre Onana joy oldi. Nashr ekspertlari aynan kamerunlik posbonni Gleyzerlar davridagi «Manchester Yunayted»ning eng yomon xaridi deb hisoblashmoqda.
Umumiy hisobda ro‘yxatdan 20 nafar futbolchi joy olgan bo‘lib, kuchli beshlik va qolgan o‘rinlar quyidagi tartibda taqsimlandi:
-
Andre Onana
-
Antoni
-
Rasmus Xyoylund
-
Aleksis Sanches
-
Anxel di Mariya
-
Jadon Sancho
-
Romelu Lukaku
-
Pol Pogba
-
Donni van de Bek
-
Memfis Depay
Ro‘yxatning davomidan Radamel Falkao (11), Uilfrid Zaxa (12), Bebe (13), Morgan Shnayderlin (14), Viktor Valdes (15), Gabriel Obertan (16), Ouen Xargrivz (17), Genrix Mxitaryan (18), Anderson (19) va Xarri Maguayr (20) kabi futbolchilar joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, Gleyzerlar oilasi hali ham «Manchester Yunayted» klubining asosiy aksiyadori hisoblanadi. Biroq jamoaning sport sohasidagi boshqaruvi Djim Retkliff boshchiligidagi INEOS kompaniyasi qo‘liga o‘tgan.













