Madridning "Atletiko" klubi sobiq futbolchisi Radamel Falkao argentinalik Xulian Alvaresga Madrid klubidan ketmaslikni maslahat bermoqda. U o‘z vatandoshi Diyego Simeone qo‘l ostida to‘p ntgayotgan futbolchi uchun aynan "Atletiko" eng yaxshi joy ekanligiga ishonchi komil.
"Nima uchunligini tushuntirib bera olmayman, lekin "Atletiko"ning o‘zgacha muxlislari bor. Bu klub ishqibozlari meni ilk kunlardanyoq maftun etishgan. Menimcha, Xulian o‘zi uchun "Atletiko"dan ko‘ra yaxshiroq klub topa olmaydi", — deya Falkaodan iqtibos keltiradi ESPN.
Eslatib o‘tamiz, Radamel Falkao 2011 yildan 2013 yilgacha "Atletiko" safida to‘p tepgan. Hozirgi vaqtda u o‘z vatanida faoliyat yuritmoqda.













