«Bavariya» safida tez orada yangi chap qanot himoyachisi paydo bo‘lishi mumkin — klub «Ayntraxt»dan Nataniel Braunni transfer qilishga yaqin turibdi. Germaniya terma jamoasi lateralining kelishi Alfonso Devisning kelajagiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jurnalistlar Florian Plettenberg va Filipp Xinsening xabar berishicha, agar ushbu bitim amalga oshsa, kanadalik futbolchi Myunxenda boshqa «dahlsiz» deb hisoblanmaydi.
«Bavariya» Devisni ketishga majbur qilmoqchi emas, biroq u bo‘yicha transfer takliflari tushsa, ularni ko‘rib chiqishga tayyor. Futbolchining yaqin kelajakda sotib yuborilishi ham istisno etilmayapti.
Alfonso Devisning amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. 25 yoshli futbolchining transfer bahosi Transfermarkt portali tomonidan 40 million yevroga baholanmoqda.













