Gana terma jamoasi yarim himoyachisi Tomas Parti Kanada hukumati tomonidan viza olishda rad javobini oldi va shu sabab JCH–2026 musobaqasida ishtirok etish uchun mamlakat hududiga kira olmaydi. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi 18 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Panamaga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Qayd etilishicha, Partiga viza berishdan bosh tortish qarori Kanada hukumati tomonidan qabul qilingan. Kanada qonunchiligiga ko‘ra, agar shaxs jinoiy ish bo‘yicha ayblangan yoki sudlangan bo‘lsa, unga mamlakatga kirish rad etilishi mumkin.
2025 yil iyul oyida London polisiyasi futbolchini bir nechta zo‘rlash holatlari bo‘yicha ayblagan. Parti ayblovlarni rad etgan va hozirda sud jarayonini kutmoqda.













