«Tottenxem» qanot himoyachisi Pedro Porro bilan amaldagi shartnoma muddatini uzaytirishga juda yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
26 yoshli Porro klub bilan keyingi to‘rt mavsum uchun — 2030 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan yangi bitim imzolashi kutilmoqda. Romanoning alohida ta’kidlashicha, «Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi Pedro Porroni doimo jamoaning «daxlsiz» va almashtirib bo‘lmas a’zosi deb hisoblaydi.
Bundan oldinroq matbuotdagi mish-mishlar Porroni ancha nufuzliroq klublar, xususan, «Real Madrid» va «Manchester Siti» bilan bog‘lagan edi. Nufuzli Transfermarkt portali futbolchini 35 million yevroga baholamoqda.
Hozirda Pedro Porro Ispaniya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib, Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.













