Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Rayya Joan Garsiya haqida: «Usiz «Barselona» La Ligada bunchalik oson g‘olib chiqmagan bo‘lardi»

Rayya Joan Garsiya haqida: «Usiz «Barselona» La Ligada bunchalik oson g‘olib chiqmagan bo‘lardi»

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David Rayya jamoadoshi Joan Garsiya haqida nimalar deb o‘ylashini aytib berdi. «Arsenal» va «Barselona» vakillari jahon chempionatida «qizil furiya»ning asosiy darvozaboni bo‘lish uchun da’vogarlik qilishmoqda. Ikkala posbon ham ortda qolgan mavsumni o‘z klublarida ajoyib tarzda o‘tkazishdi.

«Garsiya bilan mart oyida terma jamoa ixtiyorida tanishganimizdan beri munosabatlarimiz juda yaxshi. U hamisha ijobiy kayfiyatda, ko‘p mehnat qiladi. Juda universal darvozabon – ko‘plab turli jihatlarda kuchli. Uning hissasisiz «Barselona» La Ligada bunchalik oson g‘olib chiqmagan bo‘lardi. Joan bilan birga shug‘ullanish hamisha juda yoqimli», – deya ma’lum qildi Rayya Kabo-Verdega qarshi jahon chempionati o‘yini oldidan.

Ispaniyaliklarning mundialdagi ilk uchrashuvi 15 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:59, 14.06.2026.
O'qildi: 1162 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик